Bugun Arda Xiva majmuasida bo‘lib o‘tgan “Talaba — yugur” ommaviy yugurish musobaqasida Urganch davlat universiteti talabalari yuqori natijalarni qayd etib, viloyatdagi barcha oliy ta'lim muassasalari talabalarini ortda qoldirib, qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda 6 ta o'rinning barchasini sovrindori bo'lishdi.
Xususan:
Qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin — Ismoilova Dilafruz — Yengil atletika yo‘nalishi, 262-guruh talabasi. Yakka kurash sport turlari kafedrasi;
2-o‘rin — Sharipova Shahina — Basketbol guruhi talabasi. Yakka kurash sport turlari kafedrasi;
3-o‘rin — Shuhratova Intizor — Yengil atletika yo‘nalishi, 241-guruh talabasi. Yakka kurash sport turlari kafedrasi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin — Yakubov Sarvar — Yengil atletika yo‘nalishi, 241-guruh talabasi. Sport o‘yinlari va jismoniy tarbiya kafedrasi;
2-o‘rin — Boyjonov Shaxzodbek —Gandbol guruhi talabasi, Sport o‘yinlari va jismoniy tarbiya kafedrasi;
3-o‘rin — Jumaboyev Siroj — Gandbol yo‘nalishi, 261-guruh talabasi. Sport o‘yinlari va jismoniy tarbiya kafedrasi.
Barcha sovrinli o‘rinlarning universitetimiz, xususan, Sport faoliyati fakulteti talabalari tomonidan egallangani — universitetimizda sportga bo‘lgan e’tibor, yoshlarning shijoati va irodasi yuksak ekanining yana bir yorqin namunasidir!
G‘olib va sovrindor talabalarimizni ushbu munosib natija bilan samimiy muborakbod etamiz!
Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin! UrDU — sportda ham peshqadam!


.jpg)


