Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalarining 2026-yilgi mavsumi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda universitetning Birinchi prorektori Sh. Allaberganov, Rektor maslahatchisi A. Shakarov, Sport faoliyati fakulteti dekani O‘. Matnazarov hamda fakultet jamoasi, UrDU sport klubi raisi o‘rinbosari M. Raximov, shuningdek, “Besh tashabbus” markazi rahbari M.Erimbetov ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda talabalarning sportdagi iste’dod va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyati ta’kidlandi.
Shundan so‘ng “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalariga rasman start berildi.
Olimpiada doirasida talabalar sportning 5 turi — mini-futbol, stol tennisi, voleybol (erkaklar va ayollar), yengil atletika hamda stritbol bo‘yicha o‘zaro bellashadi.
Ayni paytda musobaqalar qizg‘in davom etmoqda. Talaba-yoshlar bahslarda yuqori kayfiyat, kuchli iroda va sog‘lom raqobat ruhida ishtirok etib, o‘z sport mahoratlarini namoyon etmoqda.


.jpg)






