Close
Skip to main content


Urganch davlat universitetida Yoshlar yetakchisi saylandi


Bugun O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Boshlang‘ich tashkiloti hisobot-saylov yigʻilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Urganch davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i G’.Atajonov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi raisi D.Atamuratov, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining yoshlar yetakchilari hamda universitetning 110 nafar delegat hamda ishtirokchi talaba-yoshlari qatnashdi.

Yig’ilishda 4 nafar nomzodning saylovoldi dasturi tinglandi. Shundan so'ng, delegatlar tomonidan ochiq ovoz berish o‘tkazildi. Nomzodlar orasidan Qurbanboyev Jahongir Xudoyor o’g’li eng ko'p ovoz bilan O'zbekiston Yoshlar ittifoqining Urganch davlat universiteti Boshlang‘ich tashkiloti Yoshlar yetakchiligiga saylandi.

Jahongir Qurbanboyevni ushbu mas’uliyatli va sharafli vazifa bilan samimiy muborakbod etamiz! Yangi faoliyatida unga g‘ayrat-shijoat, tashabbuskorlik, katta marralar va yoshlar manfaatlari yo‘lida samarali faoliyat tilaymiz.