Close
Skip to main content


Urganch davlat universiteti matematiklari Filadelfiyadagi ICM 2026 Xalqaro matematiklar kongressida ma'ruza qildilar


Filadelfiya, AQSh — Urganch davlat universiteti professor-o'qituvchilari va tadqiqotchilari AQShning Filadelfiya shahridagi Pensilvaniya konvensiya markazida bo'lib o'tgan 2026-yilgi Xalqaro Matematiklar Kongressida (ICM 2026) ishtirok etdilar.

Tadbirkorlik va ilmiy anjuman davomida Algebra va matematik injiniring kafedrasi a'zolari nazariy va amaliy matematikaning muhim yo'nalishlari bo'yicha o'zlarining so'nggi ilmiy natijalarini taqdim etdilar:

  • Taqdimot: A Topological Derivative-Based Method to Image Inhomogeneities in an Acoustic Waveguide

    • Ma'ruzachi: Umid Karimov

    • Qisqacha mazmuni: Taqdimot akustik to'lqin o'tkazgichlarida nosozliklar va bir jinsli bo'lmagan sohalarni tasvirlash uchun qayta sochilish algoritmlari hamda topologik hosila usullariga bag'ishlandi.

  • Taqdimot: Solvability of a Generalized Tricomi Problem for Fractionally Loaded Mixed-Type Equations

     

    • Ma'ruzachi: Aygul Babadjanova

    • Sho'ba: 10-sho'ba – Xususiy hosilali differensial tenglamalar

    • Qisqacha mazmuni: Tadqiqotda kasr tartibli yuklangan va nolonkal xotira effektlariga ega bo'lgan aralash parobolik-giperbolik tenglamalar uchun Trikomi masalasining yechilishi, mavjudligi va yagonaligi o'rganilib, chegaraviy masalalar ekvivalent integral tenglamalar sistemasiga keltirildi.

Olimlarimizning ushbu nufuzli to'rt yillik xalqaro kongressdagi ishtiroki Urganch davlat universitetining jahon ilmiy hamjamiyatidagi o'rni va global matematik tadqiqotlarga qo'shayotgan hissasini yana bir bor namoyon etadi.