Close
Skip to main content


Xorazm viloyati IIB boshlig‘i Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi


Bugun Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Oybek Kaimxo‘jayev Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida universitet rektori Feruza Madrahimova hamrohligida oliygohda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda xavfsizlikni ta’minlash tizimi bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab universitetning Talabalar turar joylari ko‘zdan kechirilib, talabalarning yashashi, ta’lim olishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.

Shuningdek, talabalar uchun tashkil etilgan yangi sport majmualari, Sun’iy intellekt laboratoriyasi hamda yaqinda tashkil etilgan Situatsion tahliliy markaz faoliyati ko‘zdan kechirildi. Qolaversa, universitet hududlarida joriy etilgan Face ID tizimi va yagona tizimga integratsiya qilingan mingga yaqin videokuzatuv kamerasi orqali olib borilayotgan monitoring jarayonlari haqida ma’lumot berildi.

Tashrif davomida universitetda talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan zamonaviy shart-sharoitlar alohida e’tirof etildi.