Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova Xuzhou texnologiyalar universiteti Partiya qo‘mitasi kotibi Liu Yang bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Urganch davlat universiteti, Xuzhou texnologiyalar universiteti hamda XCMG kompaniyasi hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan 2+1+1 qo‘shma ta’lim dasturi doirasida tahsil olayotgan talabalar sonini oshirish, shuningdek, ularni dual ta’lim tizimiga kengroq jalb etish va hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv doirasida Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimovaga Xuzhou texnologiyalar universitetining faxriy professori unvoni tantanali ravishda taqdim etildi.




