Close
Skip to main content


Lyaoning pedagogika universitetining Xiva filialida qabul jarayonlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi


Bugun Lyaoning pedagogika universitetining Xiva shahridagi filialida Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova hamda Lyaoning pedagogika universiteti rektori Lui Wenbo o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida qabul jarayonlarini samarali tashkil etish, filial faoliyatini yanada rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, filialni tajribali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, zarur o‘quv adabiyotlarini yetkazib berish, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini ikki mamlakat ta’lim standartlari asosida ishlab chiqish hamda rasmiylashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, sun’iy intellekt yo‘nalishida malaka oshirish kurslarini tashkil etish, filialga biriktirilgan texnikumlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ularning faoliyatini rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.