Close
Skip to main content


UrDUda mehnat sohasida tazyiq va zöravonlikning oldini olişga qaratilgan maxsus öquv-trening boşlandi


Bugun Urganç davlat universitetida davlat organlari va taşkilotlarida mehnat sohasida tazyiq va zöravonlikning oldini oliş, xodimlar uçun xavfsiz va özaro hurmatga asoslangan iş muhitini şakllantirişga qaratilgan maxsus öquv-trening öz işini boşladi.

Mazkur öquv kursi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-sentyabrdagi PQ-345-son qarori ijrosini ta’minlaş doirasida taşkil etilmoqda.

Treningning oçiliş marosimida Xorazm viloyati hokimi örinbosari Nigora Kutlimuratova, Urganç davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova hamda O’zbekiston Respublikasi Prizidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Xorazm viloyati filiali boshlig’i o’rinbosari Ibratbek Qurbonov, filial vakillari iştirok etib, sözga çiqdilar. Mehnat jamoalarida soğlom ma’naviy-ruhiy muhitni şakllantiriş, inson şa’ni va qadr-qimmatini hurmat qiliş, har qanday tazyiq va zöravonlik holatlarining oldini oliş hamda bu borada professor-öqituvçilarning huquqiy bilim va könikmalarini oşiriş muhimligi ta’kidlandi.

Tört kun davom etadigan öquv-treningda viloyatdagi oltita oliy ta’lim muassasasidan jami 50 nafar professor-öqituvçining iştiroki belgilangan.