Joriy yilning 28-oktabr kuni Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz filologiyasi kafedrasi oʻqituvchisi Divanova Mohira tomonidan navbatdagi ilmiy-nazariy seminar tashkil etildi.
Seminarda “Ingliz va oʻzbek tillarida ‘foyda’ konseptining semantik maydoni va uning lingvokulturologik talqini” mavzusida qiziqarli maʼruza oʻqildi.
Seminar davomida semantik maydon qiyosiy tahlili: Ingliz tilidagi profit, benefit, gain soʻzlari va oʻzbek tilidagi foyda, naf, manfaat, daromad, baraka, savob tushunchalarining oʻxshash hamda farqli jihatlari muhokama qilindi. Shuningdek, maqol va iboralarda har ikki xalq madaniyatida foyda konseptining ifodalanish xususiyatlari haqida so'z yuritildi.
