Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida “Xorazm viloyatining tarixiy-madaniy merosini aniqlaş, ilmiy tadqiq etiş, tiklaş va turizmga jalb etişning ilmiy-amaliy asoslari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya öz işini boşladi.
Ilmiy-amaliy konferensiyani Tarix va huquq fakulteti dekani Şokir Atayev kiriş sözi bilan oçib, konferensiya işiga muvaffaqiyat tiladi. Konferensiyada Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, Özbekiston Milliy universiteti professori Anatoliy Sagdullayev, professor Nazrulla Jörayev, ÖzR FA Tarix instituti katta ilmiy xodimi Surat Qubayev, şuningdek, Zoom platformasida Fanlar akademiyasi Tarix instituti Etnologiya va antropologiya markazi boşliği, professor Adxamjon Aşirov singari yurtimizning taniqli olimlari ilmiy maʼruzalari bilan iştirok etdilar.
Mazkur konferensiya Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpoğiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga qaratilgan çora-tadbirlarni yanada jadallaştiriş töğrisida”gi PQ-248-son qarori ijrosini ta’minlaş maqsadida Urganç davlat universiteti, qolaversa, mamlakatimizning taniqli olimlari tomonidan amalga oşirilayotgan grant loyihasi doirasida ötkazilmoqda.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bölimi boşliği, dotsent Bekzod Abdirimov, UrDU Tarix kafedrasi olimlari – prof. Qurbonboy Sobirov, prof. Ötkir Abdullayev va prof. Mamlakat Jumaniyozova, Turizm kafedrasi öqituvçisi Jasurbek Quralbayev tomonidan Xorazmning boy tarixiy-madaniy merosini örganiş, uni asrab-avaylaş hamda turizm yönalişlariga keng jalb etiş bilan boğliq masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Anjuman davomida Xorazm vohasining boy tarixiy-madaniy merosini ilmiy jihatdan örganiş, tarixiy yodgorliklarni asrab-avaylaş, qayta tiklaş hamda ularning turizm salohiyatidan samarali foydalaniş masalalari atroqliça muhokama qilindi.









