Close
Skip to main content


Professor Kuralbay Navruzov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan yubiley tantanasi bölib ötdi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida fizika-matematika fanlari doktori, professor, Rossiya Tabiatşunoslik akademiyasi akademigi Kuralbay Navruzov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan tantanali yubiley tadbiri bölib ötdi.

Unda Xorazm viloyati va respublikamizning turli oliy ta’lim hamda ilmiy muassasalaridan taşrif buyurgan olimlar, professor-öqituvçilar, ilmiy hamkorlar, hamkasblar, şogirdlar va yoş tadqiqotçilar iştirok etdi.

Tantanali tadbirni universitet rektori Feruza Madrahimova kiriş sözi bilan oçib berib, professor Kuralbay Navruzovning uzoq yillik samarali mehnat faoliyatiga alohida töxtaldi, uning universitetda olib borgan turli masʼul lavozmlardagi faoliyati, ilmga qöşgan munosib hissasini e’tirof etdi. Şuningdek, ustozning bugungi kunda taşabbuskorligi, ilm-fanga bölgan sadoqatiga alohida töxtalib, qutluğ yoşi bilan samimiy qutladi.

Tadbir davomida professor Kuralbay Navruzovning ibratli hayot yöli, köp yillik ilmiy-pedagogik faoliyati, fan rivojiga qöşgan munosib hissasi va boy ilmiy merosiga bağişlangan videolavha namoyiş etildi.

Urganç davlat universitetida professor Kuralbay Navruzov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan ötkazilgan yubiley tantanasi taniqli olimlar, hamkasblar va şogirdlarning samimiy tabriklari, iliq xotiralari hamda ezgu tilaklariga boy böldi.

Tadbirda fizika-matematika fanlari nomzodi, professor Rözimboy Madrahimov, Şarof Raşidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Matematik modellaştiriş kafedrasi mudiri Baxtiyor Xöjayorov, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Buxoro bölinmasi boş ilmiy xodimi Muhsin Teşayev, M.T. Örazboyev nomidagi Mexanika va inşootlarning seysmik barqarorligi instituti boş ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Akmal Mirzoyev, professor Kuralbay Navruzovning ustozi — fizika-matematika fanlari doktori, akademik Jarulla Fayzullayevning qizi Feruza Fayzullayeva, şuningdek, Toşkent arxitektura-quriliş universiteti Matematika va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor Adilbek Zaitov sözga çiqdilar.

Şuningdek, Urganç davlat universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori Tangribergan Dösçanov, texnika fanlari doktori, professorlar Bahodir Rahmonov va Ikram Davletov, Fizika-matematika fakulteti Fizika kafedrasi dotsenti Ollayor Avezmuratov hamda fakultet professor-öqituvçilari yubilyarga samimiy tilaklarini bildirdilar.

Sözga çiqqanlar ustozning köp yillik ilmiy-pedagogik faoliyati, fundamental tadqiqotlari, matematika va mexanika fanlari rivojiga qöşgan hissasi, yoş olimlar va şogirdlar tayyorlaşdagi xizmatlarini alohida e’tirof etdilar. U bilan boğliq samimiy xotiralarini yodga olib, ilmiy merosining ahamiyati va insoniy fazilatlari haqida söz yuritdilar.

Tadbir yakunida professor Kuralbay Navruzov ham sözga çiqib, uzoq-yaqindan taşrif buyurgan hamkasblari, şogirdlari va barça mehmonlarga samimiy minnatdorlik bildirdi. Öziga körsatilgan yuksak ehtirom, bildirilgan iliq fikrlar va ezgu tilaklar uçun taşakkur izhor etdi.