Close
Skip to main content


Urganç davlat universiteti hududi töliq raqamlaştirildi


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida ta’lim oluvçilar va xodimlar uçun xavfsiz muhit yaratiş, universitet hududida jamoat tartibini ta’minlaş, turli noxuş holatlarning oldini oliş hamda nazorat samaradorligini oşiriş maqsadida zamonaviy xavfsizlik tizimlari joriy etilib, oliygoh hududi töliq raqamlaştirildi.

Ayni paytda universitetning 4 ta kampus hududlaridagi barça öquv binolari va Talabalar turar joylariga jami 1 056 ta kuzatuv kamerasi örnatilgan. Talabalar xavfsizligini yanada kuçaytiriş maqsadida hududlarda 34 ta taşviş va SOS tugmasi ham joylaştirilgan.

Universitet hududlarida xavfsizlik va nazoratni ta’minlaş maqsadida jami 43 ta turniket, 86 ta SKUD tizimi, 30 ta Face ID kamera, 21 ta PTZ videokamera va 18 ta ColorVu kameralar örnatilgan. Bularning barçasi  zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan SITUATSION TAHLILIY MARKAZIga integratsiya qilingan.

Mazkur tizimlar universitetda xavfsiz ta’lim muhitini şakllantiriş, talabalar va xodimlar osoyiştaligini ta’minlaş hamda hududlarda jamoat tartibini samarali nazorat qilişga xizmat qilmoqda.