Close
Skip to main content


Kimyoviy texnologiyalar fakultetida Sayyor qabul ötkazildi


Bugun Urganç davlat universiteti rektori Feruza Madrahimovaning Kimyoviy texnologiyalar fakulteti professor-öqituvçilari hamda talabalari uçun Sayyor qabuli taşkil etildi.

Qabul davomida fakultet jamoasi tomonidan ta’lim jarayonini yanada takomillaştiriş, fakultetda ilmiy kengaşlar faoliyatini kengaytiriş va samaradorligini oşiriş, ilmiy işlanmalarga tadbirkorlarni keng jalb etiş, işlab çiqariş bilan hamkorlikni mustahkamlaş kabi qator taklif va taşabbuslar ilgari surildi.

Şuningdek, talabalar tomonidan öquv jarayoni, yaratilgan şart-şaroitlar va yoşlarni qöllab-quvvatlaşga oid murojaatlar bildirildi.

Rektor tomonidan barça murojaat va takliflar atrofliça tinglanib, ularni amalga oşiriş yuzasidan tegişli mas’ullarga topşiriqlar berildi.