Close
Skip to main content


Televideniyadagi chiqishlar davom etmoqda


Bugun Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Saida Matnazarova «Xayrli kun» dasturida atoqli o‘zbek shoiri Erkin Vohidov ijodiga bag‘ishlangan suhbat bilan ishtirok etdi.
Suhbat davomida Erkin Vohidovning o‘zbek she’riyatida tutgan o‘rni, she’rlaridagi teran falsafiylik va badiiy mahorat, «Ruhlar isyoni» va «Nido» dostonlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, «Donishqishloq latifalari» asarining o‘ziga xos jihatlari haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, Erkin Vohidov ijodining Urganch davlat universitetida o‘qitilishi, uning asarlarini talaba-yoshlar ongiga singdirish hamda boy adabiy merosini o‘rganish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.