Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova Ispaniyaning IDOM Consulting, Engineering, Arçitecture SAU kompaniyasining Özbekistondagi doimiy vakolatxonasi rahbari Nayibe Florez Bezunartea boşçiligidagi kompaniya vakillarini qabul qildi.
Uçraşuvda Xorazm viloyatining Xazorasp, Shovot, Yangiariq tumanlarida hududiy va şaharsozlik salohiyatini rivojlantiriş, transport, qişloq xöjaligi, muhandislik va ijtimoiy infratuzilma sohalarida istiqbolli loyihalarni işlab çiqiş masalalari muhokama qilindi.
Hududlarni kompleks rivojlantirişga qaratilgan bunday loyihalarda ilm-fan yutuqlari, mahalliy ilmiy salohiyat va amaliy tajribani uyğunlaştiriş muhim ahamiyat kasb etadi. Universitet professor-öqituvçilari, olimlari, tadqiqotçilari hamda iqtidorli talabalarini loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşiriş jarayonlariga jalb etiş masalalari muhokama qilindi.
Universitetning ilmiy salohiyati va mavjud akademik imkoniyatlarini hududiy rivojlaniş loyihalariga yönaltiriş, xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almaşiş hamda talabalar uçun amaliy faoliyat imkoniyatlarini kengaytiriş muhim. Uçraşuv yakunida tomonlar örtasida hamkorlik şartnomasi imzolandi.




