Close
Skip to main content


“Yangi daraxt — yangi nafas” eko-chempionatining universitet bosqichi o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2025-yil 15-maydagi 184-sonli qaroriga muvofiq, har yili aholining turli qatlamlari, xususan, talaba-yoshlar va o‘quvchilar o‘rtasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika eko-chempionatini tashkil etish belgilangan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika eko-chempionatining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti talaba-yoshlari faol ishtirok etib, oliygoh hududida ko‘chat ekish, atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirish kabi ezgu tashabbuslarga o‘z hissalarini qo‘shishdi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talaba-yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.