Bugun, 13-noyabr Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakultetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yangi daraxt — yangi nafas” Respublika ekochempionatining fakultet bosqichi o‘tkazildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi” hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 10-noyabrdagi xati ijrosi doirasida tashkil etildi.