Close
Skip to main content


UrDUda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarşi kuraşiş masalalari muhokama qilindi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlar töğrisida”gi PF–207-son Farmoni ijrosini ta’minlaş masalalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.

Yiğiliş Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va öqotar qurollarni nazorat qiliş agentligi direktori Farhod Xasanov tomonidan ötkazildi. Unda Xorazm viloyati hokimi örinbosari Şerzod Berdiyev hamda viloyatdagi barça oliy ta’lim muassasalarining rahbarlari iştirok etdilar.

Yiğilişda Urganç davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova tomonidan Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan taqdimot ötkazilib, universitetda bu borada amalga oşirilayotgan işlar, mavjud imkoniyatlar va istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berildi.

Tadbir davomida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini oliş, yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib etiş, profilaktik tadbirlar samaradorligini oşiriş, talabalarning huquqiy va ijtimoiy mas’uliyatini kuçaytiriş hamda ta’lim muassasalari va tegişli taşkilotlar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş masalalari atrofliça muhokama qilindi.