Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Talaba-yoşlar bilan işlaş markazi tomonidan taşkil etilgan “Islohotlar bilimdoni”, “Kitobxon yoşlar ligasi” tanlovining 1-, 2-, 3-mavsumlari hamda “Milliy qadriyatlar tarğibotçisi” respublika tanlovlari ğolib va sovrindorlarini tantanali taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda Talaba-yoşlar bilan işlaş markazi rahbariyati, respublikaning turli oliy ta’lim muassasalaridan taşrif buyurgan tanlov ğoliblari, professor-öqituvçilar hamda talabalar iştirok etdilar.
Marosimni Talaba-yoşlar bilan işlaş markazi direktori Abdumalik Akramov hamda Urganç davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova kiriş sözlari bilan oçib berib, yoşlarning intellektual salohiyatini yuksaltiriş, kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş, milliy qadriyatlarni keng tarğib etiş borasida bunday tanlovlarning ahamiyatiga alohida töxtaldilar hamda ğolib va sovrindorlarni samimiy muborakbod etdilar.
Tantanali marosim davomida tanlovlarda yuqori natijalarga erişgan iştirokçilarga diplomlar hamda qimmatbaho esdalik sovğalari topşirildi.
Şuningdek, tadbir doirasida taşkil etilgan bayramona konsert dasturi iştirokçilarga kötarinki kayfiyat ulaşdi. Unda yangragan milliy kuy-qöşiqlar va namoyiş etilgan rang-barang badiiy çiqişlar tantanaga özgaça fayz bağişlab, marosimning mazmunli davom etişini ta’minladi.















