Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida Texnika fakulteti taşabbusi bilan “Yaşil muhandislik: arxitektura, energetika, GAT texnologiyalarining dolzarb muammolari va rivojlaniş istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boşlandi.
Mazkur nufuzli anjumanda Malayziya, AQŞ, Belarus, Germaniya, Rossiya hamda Özbekistonning yetakçi oliy ta’lim muassasalari olimlari, professor-öqituvçilari va tadqiqotçilari iştirok etmoqda.
Konferensiyani universitet rektori Feruza Madrahimova kiriş sözi bilan oçib berib, yaşil muhandislik, energetika va zamonaviy geoinformatsion texnologiyalar sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş muhimligini ta’kidlab, anjuman işiga rivoj tiladi.
Anjumanda Malayziya Islom fanlari universiteti (USIM) professori Şarifuddin Md Şaarani, mazkur universitet dotsenti Nurul Syala Abdul Latip, Geografik obyektlarni nomlaş va manzillar tizimini yuritiş şöbasi boşliği M.Rözmetov hamda “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm magistral elektr tarmoqlari filiali mas’ul xodimi M.Djumatov yaşil energetika, barqaror arxitektura, ekologik loyihalaş, GAT texnologiyalari va yaşil kampus konsepsiyasini rivojlantiriş kabi dolzarb masalalar yuzasida ma’ruza qildilar.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ekologik barqarorlikni ta’minlaş, muhandislik sohasidagi innovatsion yeçimlarni ommalaştiriş, ilm-fan va işlab çiqariş integratsiyasini kuçaytiriş hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş uçun muhim ilmiy muloqot maydoni bölmoqda.






.jpg)





