Close
Skip to main content


UrDUda ta’lim sifatini ta’minlaş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazildi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligi direktori Baxtiyor Yöldoşev tomonidan Xorazm viloyatidagi barça oliy ta’lim muassasalari rektorlari iştirokida yiğiliş ötkazildi.

Yiğilişda Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligining bugungi kundagi siyosati, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ta’minlaş, öquv jarayonlari samaradorligini oşiriş, sohada mavjud muammolarni bartaraf etiş hamda bu boradagi ustuvor vazifalar va ularni amalga oşiriş mexanizmlari atrofliça muhokama qilindi.

Şuningdek, oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining taklif va taşabbuslari tinglanib, mavjud muammolarning yeçimi hamda istiqbolda amalga oşirilişi lozim bölgan çora-tadbirlar yuzasidan fikr almaşildi.