Close
Skip to main content


URDU TALABA-QIZLARI STRITBOL BÖYIÇA RESPUBLIKA ÇEMPIONI BÖLDI


Bugun “Beş taşabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika final bosqiçi doirasida qizlar örtasida stritbol sport turi böyiça hal qiluvçi final uçraşuvi bölib ötdi.

Murosasiz va keskin ruhda keçgan final bahsida Urganç davlat universiteti talabalari Toşkent davlat tibbiyot universiteti jamoasiga qarşi maydonga tuşdilar. Bellaşuv davomida qizlarimiz özlarining yuksak sport mahorati, tezkorligi, aniq harakatlari, jamoaviy birdamligi va ğalabaga bölgan kuçli işonçini namoyon etdilar.

Hal qiluvçi uçraşuv yakunida Urganç davlat universiteti jamoasi raqibidan ustun kelib, Respublika final bosqiçining faxrli 1-örinini qölga kiritdi! Şu tariqa, Xorazm viloyati şarafini himoya qilgan universitetimizning iqtidorli sportçi qizlari Oltin medal sohibiga aylandilar!

Uşbu ğalabada boş murabbiy Ozod Hasanov boşçiligidagi murabbiylar jamoasining fidokorona mehnati va hissasi alohida e’tirofga loyiq. Murabbiylarga minnatdorlik bildirib, Oltin medal sohibalarini uşbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaymiz!

Aziz çempion qizlarimiz, sizlar bilan faxrlanamiz! Kelgusi musobaqalarda ham zafarlar bardavom bölsin!