Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Til millat qiyofasining bir bo‘lagi


Urganch davlat universitetida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Xorazm viloyati kengashi hamda “Yoshlar qanoti” til posbonlari guruhi bilan hamkorlikda 21 oktabr – “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan 2020 yil 13 oktabr kuni “Til-millat qiyofasining bir bo‘lagi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda UrDU  Filologiya fakulteti “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari,  talaba-yoshlar, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakillari va “Yoshlar qanoti” til posbonlari guruhi a’zolari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdi. Ulkan boylik, bebaho qadriyat sifatida e’zozlanadigan tilimizda ajdodlarimizning bebaho merosi, tarixi, o‘tmishi va buguni yashaydi, o‘zligini anglagan har bir millat va elat uchun til bebaho va tengsiz boylik sanaladi. Darhaqiqat, ona tilini sevgan, ardoqlagan inson qalbida o‘tmishi, an’ana va qadriyatlariga, buyuk ajdodlariga bo‘lgan cheksiz ehtiromi mujassam bo‘ladi. Istiqloldan ilgari qo‘lga kiritilgan bebaho boyligimiz, qadriyatimiz – o‘z ona tilimizni  har tomonlama rivojlanishini  ta’minlash  faoliyatimiz mezoni sifatida dolzarb sanaladi  va albatta, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ham ushbu muhim omillarga alohida ahamiyat qaratib kelinmoqda. Seminar davomida tilimizni ulug‘lovchi ana shunday ma’ruzalar tinglandi. Jumladan,  O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi R.Ro‘zmetov, Filologiya fakulteti “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi mudiri, f.f.n, dos. A.Primov, “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi dotsenti f.f.n  Sh.Norbayevalar mavzu yuzasidanma’ruza qildilar. Tadbir davomida talabalar ham o‘zlarining ona tilimizni ulug‘lovchi she’r va chiqishlari bilan ishtirok etdilar.

Ulashish