Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDUda "Istiqbolda o‘zbek tili taraqqiyoti" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi


UrDUda "Istiqbolda o‘zbek tili taraqqiyoti" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

2020 yil 19 oktabr kuni Urganch davlat univerversitetida “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “Istiqbolda o‘zbek tili taraqqiyoti” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Xorazm viloyat hokimligi, respublika Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu anjumanda Filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etishdi. Anjumanni Filologiya fakulteti dekani D.G‘ayipov olib bordi. Tadbirni Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev ochib berib, yig‘ilganlarni ona tilimizning 31 yilligi bilan samimiy qutladi. Shundan so‘ng, Xorazm viloyat hokimining O‘zbek tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi dos. R.Xudoyberganov so‘zga chiqib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kundan buyon tilimizni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Respublika Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi a’zosi Shoira Shams o‘z so‘zida ona tilimizni ulug‘lovchi she’rlardan, o‘z ijod namunalaridan o‘qib berdi. Konferensiya yalpi yig‘ilishida shuningdek, UrDU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori S.Davletov, Filologiya fakulteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, dos.S.Matkarimova, f.f.n., dos. S.Ro‘zimboyev, f.f.d., dos. Sh.Norbayevalar ma’ruza qildilar.
Konferensiya sho‘ba yig‘ilishlarda o‘z ishini davom ettirdi.

UrDUda "Istiqbolda o‘zbek tili taraqqiyoti" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

Ulashish