Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Rektor: sizning yutug`ingiz - universitetimizning yutug`i

2021-yil 29-may kuni Urganch davlat universiteti  Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  Majlis universitet rektori raisligida, kengash a`zolari ishtirokida o`tkazildi. 
 
Kengash o`z ishini an`anaga muvofiq, bir emas bir nechta quvonchli xushxabarlar bilan boshladi. Jumladan: 
 
Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev O`zbekiston Respublikasi talaba yoshlari o`rtasida o`tkazilgan “Universiada-2020” sport musobaqalarida sovrinli o`rinni egallaganliklari uchun universitet Sport klubi, Jismoniy madaniyat fakultetining bir guruh professor-o`qituvchilari hamda sportchi talabalarni Tashakkurnoma bilan taqdirladi.
REKTOR: SIZNING YUTUG`INGIZ - UNIVERSITETIMIZNING YUTUG`I, Urganch davlat universiteti
O`z o`rnida "Universiada-2020" sport musobaqalarida universietning faol ishtiroki uchun Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirining maxsus sovrini UrDU rektori, f-m.f.d. B.Abdullayev hamda “Sport klubi” raisi o`rinbosari, “Sport faoliyati” kafedrasi professori M.Rahimovga topshirildi.   
REKTOR: SIZNING YUTUG`INGIZ - UNIVERSITETIMIZNING YUTUG`I, Urganch davlat universiteti
UrDUning 2020/2021-o`quv yilida Prezident va boshqa nomdor stipendiyalar sovrindorlari bo`lgan 10 nafar iqtidorli talabalariga Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining Guvohnomasi topshirildi.  
 

► Ushbu talabalar bilan tanishing 

2021-yil 18-aprel kuni Sank-Peterburg Milliy Informatsion texnologiyalar, Mexanika va Optika tadqiqotlari (ITMO) tomonidan o‘tkazilgan Shimoliy mamlakatlar universitetlari o‘rtasidagi matematika fanidan onlayn olimpiada faol qatnashgan Fizika-matematika fakultetidan 5 nafar talabalarga II-darajali, III-darajali Diplomlar topshirildi. Ular:
 
Fayzullayev Bekzod  Amaliy matematika va informatika yo‘nalishi 171- guruh talabasi - II-darajali diplom
Karimov Xikmatjon  Matematika yo‘nalishi 192-guruh talabasi  - II-darajali diplom
Rajabov Rajabboy  Matematika yo‘nalishi 181-guruh talabasi - II-darajali diplom
Ismoilov Islombek  Matematika yo‘nalishi 193-gurux talabasi - III-darajali diplom
Yuldoshev Bekzod  Matematika yo‘nalishi 181-guruh talabasi - III-darajali diplom bilan taqdirlandi.
 
Qozog‘istonning Nur-sulton shahrida MDH davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yilning eng yosh olimi – 2021” tanlovining “Eng yaxshi yosh olim-2021” Xalqaro loyihasida  Xorijiy filologiya  fakulteti Fransuz tili yo‘nalishi  talabasi Farhodova Maftuna    faol qatnashib,  I-darajali diplom va ko‘krak nishoni sohibi bo‘lganligi munosabati bilan universitet rektorining Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi. 
 
O`z navbatida bilimli, shijoatli talablarimizning quvonchiga sherik bo`lish maqsadida taqdirlash marosimga ularning ota-onalari ham tashrif buyurdilar. Tadbirda so`zga chiqib, farzandlarining ushbu yutuqlaridan faxr tuyg`usida ekanliklarini, o`z tilak-istaklarni bildirib, universitet rahbariyati hamda  professor-o`qituvchilariga o`z minnatdorchiligini izhor etdilar.  
REKTOR: SIZNING YUTUG`INGIZ - UNIVERSITETIMIZNING YUTUG`I, Urganch davlat universiteti
 
Tadbir davomida Tabiiy fanlar fakulteti o`qituvchilari  Rustambek Quryozov,  Sabohat Sodiqova, Himoyat Ismoilovalar dotsentlik diplomlari bilan taqdirlandilar. 
Shuningdek, Urganch davlat universiteti Ilmiy kengashi kotibi, geografiya fanlari nomzodi, dotsent  I.Atajanovning 60 yoshga to`lishi munosabati bilan universitet rektori jamoa nomidan esdalik sovg`alar bilan taqdirlab, jonkuyar va o`z kasbining bilimdoni bo`lgan I.Atajonovga bundan keyingi faoliyatida ham yuksak muvaffaqiyatlar tiladi.
REKTOR: SIZNING YUTUG`INGIZ - UNIVERSITETIMIZNING YUTUG`I, Urganch davlat universiteti
Shundan so`ng, kengash  kun tartibidagi masalalar yuzasidan o`z ishini davom ettirdi.
REKTOR: SIZNING YUTUG`INGIZ - UNIVERSITETIMIZNING YUTUG`I, Urganch davlat universiteti

Ulashish: