Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi

Bugun Urganch davlat universitetida 16- noyabr – “Xalqaro bag'rikenglik kuni” munosabati bilan "Ma'rifat va millatlararo bag'rikenglik" shiori ostida  “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. 

Tadbir Xorazm viloyati hokimligi, viloyatimizdagi turkman, qozoq, rus, koreys, tatar milliy-madaniy markazlari rahbarlari va ijodiy jamoalari hamda universitetimiz rahbariyati boshchiligida professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida o'tkazildi.

Tadbirni UrDU rektori B.Abdullayev kirish soʻzi bilan ochib berib, barcha ishtirokchilarni bayram bilan qutladi, o‘zbek xalqi azaldan totuvlik , do‘stona munosabat, bag‘rikenglik timsoli yo‘g‘rilgan millat sifatida barcha elatlar ichida ajralib turishi haqida oʻz fikrlarini bildirdi.  Shuningdek, ushbu bayramona tadbirda Xorazm viloyati hokimligining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo'yicha kotibiyat mudiri F.Razzoqov, Urganch shahar bosh imom xatibi X.Kenjayev va milliy-madaniy markazlar rahbarlari tabrik soʻzlari bilan chiqish qildilar. 

Shundan soʻng, milliy-madaniy markazlarning ijodiy jamoalari va Urganch davlat universiteti talabalarining bayramona konsert dasturi namoyish etildi. Oʻzaro doʻstlik va hurmatga yoʻgʻrilgan bu kechada O‘zbekistonda millatlararo totuvlik, tinchlik va osoyishtalikni tarannum etuvchi sheʼrlar, qo‘shiqlar, milliy raqslar ijro etildi.

urdu.uz, “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor”

urdu.uz, “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor”

urdu.uz, “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor”

urdu.uz, “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor”

urdu.uz, “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor”

urdu.uz, “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor”

urdu.uz, “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor”

urdu.uz, “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor”

Ulashish: