Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“BUYUK YURT UCHUN” TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Mamlakatimizda iste’dodli yoshlar ko‘p. Ularni qo‘llab-quvvatlash esa yaxshi asarlar yaralishiga turtki bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarning bandligini ta’minlash, hayotda o‘z yo‘lini topishga qiynalayotgan yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshirish bo‘yicha” chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qo‘shma qaror asosida ijodkor yoshlar o‘rtasida “Buyuk yurt uchun” ijodiy tanlovi o‘tkazildi. Unda mamlakatimizning 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ijodkor yoshlarini ijodga, adabiyotga, kitobga bo‘lgan muhabbati va qiziqishini oshirish, yurtga bo‘lgan sadoqatini badiiy ijodda aks ettira olish iqtidorini aniqlash maqsadida tashkil etildi. Publitsistika, nazm va nasr yo‘nalishlarida shu yilning sentyabr, oktyabr oylarida ikki bosqichda o‘tkazilgan tanlovda respublika bo‘yicha 300 nafardan ortiq yosh ijodkor o‘zlarining mualliflik ishlari bilan ishtirok etdi. Viloyatlar va Toshkent shahridan taqdim etilgan ijodiy ishlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqildi va har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 nafardan, jami 9 nafar yosh ijodkorning eng yaxshi deb topilgan ijodiy ishlari saralab olindi.
Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Uyushma raisi Sirojiddin Sayyid, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Yosh ijodkorlar kengashi raisi Mehrinoz Abbosova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i Akmal Sultonov hamda ustoz ijodkorlar ishtirok etdi va g‘oliblarni tabrikladi.
Nazm yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘ringa samarqandlik Kamola Musulmonova, 2-o‘ringa xorazmlik Rahmatjon Bobojonov, 3-o‘ringa andijonlik Nurillo Abdushukurov, nasr yo‘nalishida 1-o‘ringa qashqadaryolik Azizbek Norov, 2-o‘ringa samarqandlik Sardor Temirxonov, 3-o‘ringa xorazmlik Jumanazar Yo‘ldoshev, publitsistika yo‘nalishida 1-o‘ringa farg‘onalik Madaminjon Solijonov, 2-o‘ringa xoramzlik Otaxon Nafullaev, 3-o‘ringa toshkentlik Otabek Isroilov munosib topildi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-o‘rin sohiblariga “Ijod” jamoat fondi tomonidan mehnatga haq to‘lash bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari qiymatida pul mukofoti berildi. 2- va 3-o‘rin egalariga esa diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Ishtirokchilarning yo‘l xarajatlari jamoat fondi tomonidan qoplab berildi.

Ulashish: