Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Davlat tilida ish yuritish to'garagi faoliyati

UrDU Oʻzbek filologiyasi fakulteti Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi oʻqituvchisi Zamira Madrimova rahbarligida "Davlat tilida ish yuritish" toʻgaragining bu oʻquv yilidagi soʻnggi mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Mashgʻulot davomida xizmat yozishmalari hamda ularning oʻziga xos xususiyatlari, ushbu hujjatlarni tuzish va amaliyotda qoʻllash boʻyicha ma'lumotlar berildi. Mavzuni mustahkamlash hamda imloviy savodxonlikni oshirish maqsadida mavzuga doir mashq va topshiriqlar bajarildi. 

O'zbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan tashkil etilayotgan bu kabi toʻgaraklarning asosiy maqsadi – talabalarning darsdan keyingi vaqtini toʻgʻri va mazmunli tashkillashtirish, ularni har bir sohada yetuk mutaxassis sifatida kamol toptirishdan iborat.

Ulashish: