Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



PQ-147-sonli qaroridagi "Ustoz-shogird" an'analari

Prezidentimizning "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 1-apreldagi PQ-147-sonli qarorida "Ustoz-shogird" an'analari asosida ijod maktablari o'qituvchilarining kasbiy va ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirish vazifalari ham belgilangan.

Joriy yilning 17-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida UrDU bilan tuzilgan hamkorlik rejasiga asosan, yozuvchilar uyushmasi a'zosi, filologiya fanlari doktori, UrDU dotsenti, ogahiyshunos Abdulla O‘razboyev tomonidan "Oʻzbek tilshunoslining dolzarb muammolari yechimida ijod maktablari oʻqituvchilari oʻrni"(oʻzbek tili tarixi masalalari misolida) trening bo‘lib o‘tdi. 

Treningda tilshunoslikning bugungi kundagi o‘rni, tilshunoslikka bo‘lgan e'tibor, tildagi ba'zi muammolar tanqidiy ruhda muhokama etildi. 

Yakunda kompyuter lingvistikasi bo‘yicha qilinayotgan ijobiy ishlar haqida ma'lumot berildi.

Ulashish: