Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Xaolqaro festivalda professor-o`qituvchlarimizning erishgann yutuqlari

           Joriy yilning 24-may kunidan e'tiboran (24-31-may) Ozarbayjon Respublikasi poytaxti Boku shahrida an’anaviy “Turk dunyosi adabiyot va kitob” festivali bo‘lib o‘tmoqda. Unda Filologiya va san'at fakulteti o'qituvchisi, O‘zbekiston Respublikasi nomidan “Tamaddun nuri” jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Munavvara Qurbonboyeva ham ishtirok etmoqda. Xususan, tadbirlar doirasidagi kitob taqdimotlari, ijodiy uchrashuvlar, ilmiy anjumanlarda Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qizg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya, Turkmaniston, Mojoriston, Shimoliy Kipr Turk Respublikasidan kelgan yozuvchi, shoir, olim, tarjimon, san’at va ilm-fan sohasi vakillari ishtirok etmoqda.

          Turkiy xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, san’at, ilm-fan va ta’lim sohalaridagi yutuqlari hamda hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Munavvara Qurbonboyeva TurkSOY medali bilan taqdirlandi.

          Filologiya va san'at fakulteti jamoasi nomidan Munavvara Qo‘ziboyevnani turkiy dunyodagi yuksak mukofotlardan biri TurkSOY medali sohibasi bo‘lganligi bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi ilmiy, ijodiy ishlariga yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Ulashish: