Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"Dolzarb 90 kun"

          Joriy yilning 19-iyun kuni "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san'at fakulteti "Rus tili va adabiyoti" kafedrasi katta o'qituvchilari O'.S.Qalandarov va R.A.Egamovlar Bogʻot tumani "Nurafshon" MFY hududida joylashgan 3-son va  Hazorasp tumani "Qovunchi" MFY hududida joylashgan 39-son umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurib, u yerda tashkil qilingan to'garaklar faoliyati hamda loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ishlar, maktabda yo'lga qo'yilgan to'garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, uchrashuv davomida o‘quvchilar bilan kasb tanlash haqida suhbat o'tkazildi. Maktabning bitiruvchi sinf o'quvchilariga universitet hamda mavjud bakalavriat yo'nalishlari haqida ma'lumot berildi. Tashrif davomida maktab ma’muriyati bilan “Rus tili” fani bo‘yicha to‘garak tashkil qilish va ushbu to‘garak faoliyatiga uslubiy jihatdan ko‘maklashish masalasida kelishib oldilar.

 

Ulashish: