Bugun 10-iyun kuni universitetda yangi ishga qabul qilingan xodimlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuvda Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi v.v.b O.Iskandarov ma'ruza qilib, yangi ishga qabul qilingan xodimlar bilan suhbatlashib, bugungi kunda universitetni korrupsiyadan holi hududga aylantirish, ta'lim jarayonida akademik halollikni saqlash, raqamli texnologiyalarni joriy etib inson omilini yanada kamaytirish hamda boshqa korrupsion elementlarni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish kerakligi haqida batafsil tushuncha va ma'lumotlar berdi.
Uchrashuv so'ngida xodimlarning fikr-mulohazalari tinglandi va savollarga javob berildi.



