Close
Skip to main content


#Qabul_2026 | #Qabul_komissiyasi

2026–2027-o‘quv yili qabul jarayonlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Bugun Urganch davlat universitetida 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori G‘. Raximov rahbarligida o‘tgan yig‘ilishda Qabul komissiyasi a’zolari ishtirok etib, qabul jarayonlarini samarali tashkil etish hamda mas’ullarga yuklatilgan vazifalar yuzasidan muhim masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida qabul jarayonlarini amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida shaffof va adolatli tashkil etish, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni belgilangan mezonlar asosida o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda imtixon o‘tkaziladigan hududlarni zarur texnik vositalari bilan jihozlash, korrupsion holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, abituriyentlar va ularning ota-onalaridan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularga tezkor va batafsil ma’lumotlar taqdim etish, “Call center” hamda “Maslahat markazlari” faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.


 

Ulashish: