Tanlov fanlari ro‘yxati tasdiqlandi
Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Fizika kafedrasining 2025-yil 26-avgust kuni bo‘lib o‘tgan kafedra yig‘ilishida 2025–2026-o‘quv yili uchun Fizika, Tibbiyot fizikasi, Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va Qayta tiklanuvchi energiya manbalari mutaxassisliklari hamda Fizika, Muqobil energiya manbalar ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitiladigan tanlov fanlari ro‘yxati tasdiqlandi. Yig‘ilishda kafedra professor-o‘qituvchilari, Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda viloyat energetika tashkilotlari mutaxassislari ishtirok etdi.