Talabalar turar joyiga professor - o`qituvchilar tashrifi
Joriy yilning 6-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san'at fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchilari Ozadova Shahnoza va Obidova Mahbubalar talabalar holidan xabar olish va muammolarini o'rganish maqsadida 5- sonli talabalar turar joyida bo'ldilar.Uchrashuv doirasida “Fan va texnikadagi muhim yangiliklar” mavzusida suhbat olib borildi. Shuningdek, talabalarning yashash sharoitlari, tartib-intizom, tozalik va xavfsizlikka rioya qilish qoidalari o'rganildi.