Close
Skip to main content


Talabalar turar joyiga professor - o`qituvchilar tashrifi

         Joriy yilning 26-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san'at fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Jumaniyazova Dilfuza Qadamovna talabalar turar joyiga tashrif buyurib, belgilangan tadbirlar rejasi doirasida davra suhbati tashkil qildi. Davra suhbati "Buyuk siymolar" mavzusida bo'lib o'tdi. Unda turkiy adabiyotning eng mashhur vakillari haqida fikrlar bildirildi. Jumladan, so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy, buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va adabiy meroslari hamda rus adabiyotining taniqli vakillari yuzasidan ma'lumotlar berildi.   

Ulashish: