2026-yil 2-noyabr kuni talabalar turar joyida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talaba qizlar bilan “Atrof-muhit muhofazasi oyligi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida Ingliz filologiyasi kafedrasi professor-o'qituvchilari Atadjanova Surayyo Raimbayevna, Allaberganova Firuza Ibraximovna, Mavliyeva Gulmira Bahramovna, Eshchanova Mavjuda Xudayorovna, Xamrayeva Dilfuza Shavkatovna, Adambayeva Feruza Rustambekovna hamda Radjapova Intizor Egamberganovna ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida atrof-muhitni asrash, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda yoshlarning atrof-muhit muhofazasidagi mas’uliyati haqida so‘z yuritildi.
Davra suhbati davomida talabalar turar joyidagi yashash sharoiti, xonalar va umumiy foydalanish joylarining ozodaligi ham ko‘zdan kechirildi. Talabalarga jamoaviy yashash madaniyati, tozalik, tartib-intizom va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatda bo‘lishning ahamiyati yana bir bor eslatib o‘tildi.
