Bugun Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Farida Masharipova hamda fakultet tyutori Nigora Xo‘jayeva tomonidan talabalar turar joyida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalarning yashash sharoitlari, kundalik hayotini mazmunli tashkil etish, turar joyda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, talabalarga odob-axloq qoidalariga rioya qilish, o‘zaro hurmat va muomala madaniyatini saqlash, ichki tartib-intizomga amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Suhbat jarayonida Filologiya fakultetida faoliyat yuritayotgan turli fan, san’at, sport va ijodiy to‘garaklar haqida ham ma’lumot berilib, talabalar ushbu mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishga jalb qilindi.