Xorazm MTRKning “Xayrli kun” dasturida “Kitobxonlik – ma’naviy yuksalishning poydevori” mavzusiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv efirga uzatildi.
Unda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari – filologiya fanlari doktori, professor v.b. Manzura Pirnazarova hamda Saida Matnazarovalar ishtirok etdilar.
Ko‘rsatuv davomida olimalar Omon Matjonning ijodiy yo‘li, she’rlari va dostonlaridagi falsafiy ruh, shoir ijodining o‘ziga xos jihatlari, shuningdek, kitobxonlikning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni va ahamiyati xususida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.