Close
Skip to main content


PhD dissertatsiyasi işlari muvaffaqiyatli himoya qilindi

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvçi DSc.03/2026.10.06.Fil.06.06 raqamli Ilmiy kengaşning navbatdagi majlisi bölib ötdi.
Unda universitet Özbek tilşunosligi kafedrasi öqituvçisi, mustaqil tadqiqotçi Saparova Surayyo Baxtiyor qizi 10.00.01 – Özbek tili ixtisosligi böyiça “Xorazm şevalaridagi nutqiy etiket birliklarining lingvokulturologik va lingvopragmatik tadqiqi” mavzusidagi, şuningdek, universitet tayanç doktoranti Jamalatdinova Laylo Röziboyevna 10.00.01 – Özbek tili ixtisosligi böyiça “Xorazm viloyatidagi özbek şevalarida frazemalar” mavzusidagi filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oliş uçun yozgan dissertatsiya işlarini 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildilar.
Urganç davlat universiteti jamoasi nomidan har ikkala dissertantlarimiz va ularning ilmiy rahbarlarini ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy qutlab, mustahkam sogʻliq, ilm yoʻlida yuksak parvozlar tilaymiz.

 

Ulashish: