2026-yil 11-noyabr kuni ingliz tili fani o‘qituvchisi Annaxasanova Irina Baxtiyorovna tomonidan 2501-B guruhida “Writing about Problems. Medicine. Doctors Using VR to Help” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Ochiq dars davomida talabalar virtual reallik (VR) texnologiyalarining tibbiyotdagi o‘rni, shifokorlar faoliyatidagi ahamiyati va zamonaviy davolash usullari haqida ingliz tilida fikr almashdilar.
Mashg‘ulot interfaol usullarda tashkil etilib, talabalarning ingliz tilida so‘zlashish va yozish ko‘nikmalari rivojlantirildi.
