Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Sh.Jumaniyazova tashabbusi bilan kafedra dotsentlari Sh.Babadjanova, U.Avezova, F.Sattarova, S.Ollanazarov hamda talabalar ishtirokida “Ekofaol yoshlar – yashil kelajak sari” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy hamda ekologik targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi: Yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiatni asrash, atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda yoshlarning ekologik startap va innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbirni tashkilotchilar kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunda global ekologik muammolarni bartaraf etishda yoshlarning o‘rni va ekologik masʼuliyatni oshirish naqadar muhim ahamiyat kasb etishini alohida taʼkidlab o‘tdilar.