Close
Skip to main content


Butunjahon tozalik kuni: yoshlardan amaliy tashabbus

"20-sentyabr — Butunjahon tozalik kuni" munosabati bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xoʻjaligi fanlari fakultetining ekovolontyor talabalari tyutorlari hamrohligida viloyatimiz markazida tashkil etilgan tozalash tadbirlarida faol ishtirok etdilar. Talaba-yoshlar mazkur tashabbus orqali atrof-muhitni asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish va toza, obod muhitni ta’minlashda oʻz hissasini qoʻshdilar. Fakultet ekovolontyorlarining ushbu faoliyati nafaqat amaliy yordam, balki jamiyatda ekologik masʼuliyatni keng targʻib etish yoʻlidagi muhim qadamlardan biri boʻldi. Butunjahon tozalik kuni doirasidagi bu kabi tadbirlar yoshlarni tabiatga e’tiborli, ekologik muammolarga befarq bo‘lmagan fuqarolar sifatida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Ulashish: