Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Xalqaro aloqalar


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Buyuk Britaniyaning Ulster universiteti hamda Qozog‘iston Respublikasining A.Baytursunov nomidagi Kostanay davlat universiteti professorlari ishtirokida "Accelerating English Language Learning in Central Asia (AELLCA) -Markaziy Osiyoda ingliz tilini oʼqitishni rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan seminarlar bugun ham oʻz ishini qizgʻin davom ettirmoqda.Seminar davomida til o‘rgatishning zamonaviy usullari,  innovatsion vositalardan foydalanish hamda madaniyatlararo kommunikatsiyani rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi – ta’lim sifati va o‘qituvchilar malakasini oshirish orqali xalqaro miqyosda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga hissa qo‘shishdir.

Ulashish