Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ochiq dars


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi Bekmanova Sayyora Shokirjonovna 2025-yil 9-oktabr kuni “O‘qish va yozish amaliyoti” fanidan 2301A-ingliz guruhi talabalari bilan “Reading 1: What makes a successful logo? (Marketing)” mavzusida ochiq dars tashkil etdi.

Ochiq darsni kafedra dotsenti v.b., PhD Ruzmetova O.A. va kafedra stajyor-o‘qituvchisi Divanova M.H. kuzatib bordilar.

Darsning asosiy maqsadi – talabalarning marketing sohasidagi matnlarni tahlil qilish, tanqidiy fikrlash va lug‘at boyligini oshirish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Dars davomida “Keys-stadi”, “Aqliy hujum” va “Kichik guruhlarda ishlash” kabi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi. Talabalar mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib, mashhur brendlar logotiplari misolida o‘zlarining tahliliy fikrlarini bildirdilar. Mavzuga oid taqdimotlar, videoroliklar va tarqatma materiallar darsning yanada tushunarli va qiziqarli bo‘lishiga xizmat qildi. Dars jarayonida qo‘llanilgan interfaol usullar mashg‘ulotning jonli va samarali o‘tishini ta’minlab, talabalarning mavzuga bo‘lgan qiziqishini oshirdi. 

Kuzatuvchilar darsning tashkil etilishi, mavzuning dolzarbligi va o‘qituvchining pedagogik mahorati haqida ijobiy fikrlar bildirdilar. Kafedra yig‘ilishida Bekmanova S.Sh.ning ochiq darsi muhokama qilindi va o‘qituvchining yutuq hamda kamchiliklariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ulashish