Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida ma’naviy-ma’rifiy ishlar ijrosi o‘rganilmoqda


Ayni kunlarda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar holati va ustuvor vazifalar ijrosini o‘rganish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini olib bormoqda. 

O‘rganishlar doirasida bugun ishchi guruh a’zolari Urganch shahar FVB xodimlari bilan birgalikda universitet talabalari istiqomat qilayotgan 100 ga yaqin ijara xonadonlarida o‘rganish jarayonlarini olib bordi. Ular yashash sharoitlari,  ma’naviy-ma’rifiy muhit, kuz-qish mavsumida talabalarning xavfsizligi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdilar.

Mazkur o‘rganishlar talabalarga yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash, ularning ta’lim va tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Ulashish