Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ta’lim va tarbiyada hamkorlik: Xorijiy filologiya fakultetida ota-onalar majlisi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida talaba-yoshlarning ta’lim va tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish, ota-onalar bilan muntazam hamkorlikni kuchaytirish maqsadida rahbariyatning ota-onalar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv davomida fakultet dekani Z.Jumaniyozov, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda ota-onalar o‘rtasida ochiq muloqot o‘rnatilib, talabalarning o‘qish jarayoni, intizomi, ilmiy faolligi hamda kelajak rejalari haqida fikr almashildi.

Majlisda ta’kidlanganidek, talabalarning muntazam ravishda darslarda ishtirok etishi, mas’uliyatni his qilishi va vaqtni to‘g‘ri taqsimlashi ko‘p jihatdan ota-onalarning e’tibori va nazoratiga bog‘liq. Ikki tomonlama muloqot esa yoshlarning bo‘sh vaqtlarini behuda mashg‘ulotlarga sarflashining oldini oladi, ularni maqsad sari intilishga undaydi.

Shu bilan birga, uchrashuvda nazoratning haddan oshmasligi, yoshlarning erkin fikrlashi, mustaqil qaror qabul qila olishi muhimligi alohida ta’kidlandi. Har bir masalada me’yorni saqlash — tarbiyaning eng asosiy tamoyillaridan biridir.

Bugungi kunda globallashuv jarayonida turli soxta g‘oyalar, yuzaki qarashlar yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yoshlarni bunday xatarlardan asrash, aqlan yetuk, ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash — ota-onalar, ustozlar va jamiyatning umumiy vazifasidir. 

Uchrashuvdan so‘ng, ota-onalar universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Ulashish