Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Xalqaro ilmiy seminar: Diskurs tahlili va zamonaviy yondashuvlar


 

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Roman-german filologiyasi kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda talaba-yoshlari tilshunoslik va zamonaviy lingvistik tadqiqotlar doirasida “Diskurs tahlili: nazariy asoslar va zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy seminarda ishtirok etishdi.

Seminarning asosiy ma’ruzachisi Fransiyaning Nantes universiteti professori Johannes Dahm bo‘lib, u diskurs tahlilining shakllanish tarixi, asosiy nazariy maktablari, metodologik yondashuvlari hamda zamonaviy lingvistik tadqiqotlardagi o‘rni yuzasidan batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, professor diskursning ijtimoiy-madaniy kontekst bilan uzviy bog‘liqligi va til orqali ma’no hamda ijtimoiy tasavvurlar shakllanishi masalalariga alohida to‘xtaldi.

Seminar davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan qator savollar bilan chiqish qilib, faol ilmiy munozara olib bordilar. Tadbir yakunida professor Johannes Dahmga mazmunli va ilmiy jihatdan boy ma’ruzasi uchun minnatdorchilik bildirildi hamda bunday xalqaro ilmiy uchrashuvlarni kelgusida ham davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

 Ushbu seminar talabalarning ilmiy fikrlash doirasini kengaytirish, tilshunoslikdagi yangi yondashuvlar bilan tanishish va xalqaro akademik aloqalarni rivojlantirishga xizmat qildi.

Ulashish