Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-yanvardagi "Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo'yicha sport sinovlarini tashkil etish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport musobaqalari o'tkazildi.

Jismoniy tayyorgarlik sinovlarini qabul qilish jarayonlarida Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti dekani A.Xudayberganov, Sport klubi raisi o'rinbosari M.Raximov, Sport o‘yinlari kafedrasi mudiri F.Masharipov hamda Yakka kurash kafedrasi mudiri N.Ro'zmetovlar boshchiligida  oliygohning turli fakultetlaridan 300 dan ortiq talaba o'g'il-qizlari ishtirok etishdi. Unda talabalar ixtiyoriy sport sinovlari: 60 metrga yugurish, gavdani bukib yozish, basketbol to'pini savatga otish, 3x10 metrga mokisimon yugurish va arg'imchida sakrash bo'yicha o’zaro bellashishdi.

Ulashish