Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Minnatdorlik va e’tirof: UrDUda ozarbayjonlik olimani kuzatish tadbiri oʻtkazildi


Joriy yilning 6-noyabridan 20-dekabriga qadar Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i, Folklor instituti katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ibrohimova Aynur Aydin qizi tomonidan oliygohning O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi 4-bosqich talabalari uchun “O‘zbek va ozarbayjon folklor aloqalari” fanidan dars mashg‘ulotlari olib borildi. 

Mazkur darslar jarayonida talabalar qardosh xalqlarning folkloriy mushtarakligi, og‘zaki ijod namunalari, mavzu va obrazlar uyg‘unligi, shuningdek, ilmiy-taqqoshlama yondashuvlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Mashg‘ulotlar o‘zining mazmunan boyligi, interaktiv uslubi va ilmiy yangiligi bilan talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi.

Bugun, 16-dekabr kuni dotsent Aynur Ibrohimovani kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Filologiya va san’at fakulteti dekani, professor D. G‘ayipov mehmon olimga chuqur minnatdorlik bildirib, xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, tajriba almashish va munozarali mashg‘ulotlarni tashkil etish ta’lim sifati hamda samaradorligini oshirishda, yetuk mutaxassislar tayyorlashda muhim omil ekanini alohida ta’kidladi.

Tadbir yakunida filologiya fanlari nomzodi Aynur Ibrohimovaga universitet rahbariyati va fakultet jamoasi nomidan tashakkurnoma hamda fakultetning esdalik sovg‘alari samimiy minnatdorlik ila topshirildi.

Mazkur tashrif va o‘tkazilgan mashg‘ulotlar Urganch davlat universitetida xalqaro ilmiy-ta’limiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, qardosh xalqlar o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi.

Ulashish